Avtomat yuklamasiz oʻchsa, qizisa yoki liniyani yoqiq holatda ushlab turmasa, uni almashtirish kerak. Elektr shchitiga bir va ikki qutbli avtomatik oʻchirgichlar oʻrnatamiz, mos nominalni tanlaymiz va avtomatning ishga tushishini tekshiramiz.
Montaj 65 000 soʻmdan boshlanadi. Ishdan oldin kabel kesimini hamda oshxona, konditsioner yoki butun tik liniyadagi yuklamani tekshiramiz. 16 A avtomat kuchli yuklama ostida oʻchib qoladi, nominali haddan tashqari katta avtomat esa simni himoya qilmaydi.
Shchitdagi yonma-yon kontaktlarni mahkamlaymiz. Koʻpincha yangi avtomatning oʻzi emas, yonidagi boʻshashgan klemma qiziydi. Oʻrnatgandan keyin har bir liniya nimaga xizmat qilishini bilishingiz uchun uni belgilab qoʻyamiz.
Avtomat yoqilishi bilan oʻchsa, avval rozetka yoki chiroqda qisqa tutashuv bor-yoʻqligini tekshiramiz. Aks holda yangi avtomat ham kuyishi mumkin.
Yunusobod, Chilonzor, Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Sergeli, Yashnobod, Olmazor, Uchtepa, Bektemir va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida ishlaymiz. Usta 30 daqiqa ichida yoʻlga chiqadi. Xizmatga buyurtma bersangiz, ustaning kelishi bepul.
Rozetka oʻrnatish va almashtirish · Viklyuchatel oʻrnatish · Qandil va chiroq